empty
 
 

Возникли вопросы?

Мы знаем на них ответы! На этой странице мы постарались ответить на самые распространенные вопросы о партнерской программе, торговых условиях, ПАММ-системе, регистрации, верификации и многом другом.
Umumiy savollar
Men FOREXda minimal depozit bilan ishni boshlasam, qancha ko'p ishlab topishim mumkin?

Bu Sizning tajribangizga bog'liq. Valyuta bozorida savdo qilish, ehtimoldagi foydadan tashqari, depozitni yo'qotish havfi bilan ham bog'liq, bu holat treyder tomonidan qarorlar qabul qilishda hisobga olinishi kerak. O'zingizning xavflaringizni va o'z professionalligingizni faqat o'zingiz baholashingiz mumkin. InstaForeksning savdo shartlari boshlovchi treyderdan tajribali treydergacha bo'lgan yo'lni maksimal darajada osonlik bilan o'tish uchun yaratilgan.


Qo'llab-quvvatlash va qarshilik ko'rsatish darajalari nima?

Qo'llab-quvvatlash darajasi - kurs taxminan yuqoriga qarab ko'tarilishi mumkin bo'lgan paytdagi joriy kursdan past daraja. Qarshilik ko'rsatish darajasi - kurs taxminan pastga qarab burilishi mumkin bo'lgan taxminan joydagi joriy kursdan yuqori daraja.


Treyling-stop nima?

Siz treyling-stopni (masalan, X punktga) chiqarib qo'yganingizda quyidagi holat yuzaga keladi: pozitsiya X punktga foydaga chiqmaguncha (treyling-stopning ko'rsatilgan kattalikka)terminal hech qanday amallarni bajarmaydi. Shundan so'ng terminal joriy narxdan X punkt masofada stop-lossni chiqaradi (mazkur holda - zararsizlik darajasida). Joriy narx va chiqarilgan stop-loss orasidagi masofa X punktdan oshadigan kotirovkani olishda terminal joriy narxdan X punkt masofada stop-orderni o'zgartirishga buyruq jo'natadi. Ya'ni stop-loss joriy narxgacha X punkt masofada "kuzatib boradi". Shunday qilib, treyling-stop - bu boshqarishning ma'lum algoritmi stop-lossning – «narx ketidan profitga harakatidir». Diqqat! Treyling-stop Sizning savdo terminalingiz ishga tushirilganda va bizning serverga interenet orqali ulangandagina ishlaydi.


Profit yoki narx harakatining "figurasi" nima?

Profit figurasi deb ko'pincha 100 punkt foydaga aytiladi. Narx harakati figurasi deb 100 pp. harakatga aytiladi. Shuningdek yaxliy narxlarni ham figura deb ataladi. Masalan, "EURUSD 17-figuradan o'tmoqda" ifodasi kurs 1.1700 belgidan yuqori ko'tarilganini anglatadi.


Savdolar qaysi payt amalga oshiriladi?

Savdolar yakshanba kuni Grinvich vaqti (GMT +00) bo'yicha 22:00 da ochiladi va juma kuni soat 22:00 (GMT +00) da yopiladi.


InstaForeks kompaniyasi nechta savdo serverlaridan foydalanadi va ular qaysi hududlarda joylashtirilgan?

Ayni paytda InstaForeksning savdo tizimi o'z ichiga haqiqiy hisob-varaqlari uchun 2 ta savdo serverini va DEMO hisob-varaqlari uchun uchun bitta savdo serverini qamrab oladi. Ikkita savdo serveri yuklanishning oraliq data-markazlar tizimi vositasida taqsimlaydi, bu data-markazlar o'z ichiga butun dunyo bo'ylab joylashgan 7 ta serverni o'z ichiga qamrab oladi. Shunday qilib, 10 ta serverdan tashkil topgan tizim har bir mijozga savdo markazi bilan ishonchli va tez ulanish imkonini beradi. Oraliq data-markazlardan biri ortiqcha yuklangan holda mijozlar terminali avtomatik ravishda kamroq yuklangan data-markazga ulanadi.

AQShda InstaForexning savdo serveri 5 ta data-markazga ega va butun dunyoda mijozlar uchun, jumladan, Evropadagi, Afrikadagi va Rossiyadagi mijozlar uchun mo'ljallangan. Amerikaning eng yaxshi provayderlaridan biri ta'minlaydigan ishonchli aloqa kanallari va juda kuchli texnik yechimlar AQShda InstaForex savdo serverini Evropa va Amerika mamlakatlaridagi mijozlar o'rtasida mashhur qiladi.

Singapurdagi InstaForex savdo serveri (111.235.136.17:443) 2 ta markazga ega va kompaniyaning yaqin Sharq va Janubiy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlaridagi mijozlari tomonidan foydalaniladi. Chetdagi mijozlarning serverga ulanishidagi qisqa vaqt uni savdo tezligini qadrlovchi Osiyodagi mijozlar uchun jozibali qiladi. Osiyodagi eng yirik moliya markazi - Singapurdagi yetkachi provayderlarda joylashgan 2 ta data-markaz savdo serverlariga tushadigan yuklanishni shunday tarzda taqsimlaydiki, bunda InstaForex mijozlari uchun savdoning maksimal uzluksiz vaqti ta'minlanadi.

InstaForeks kompaniyasining har bir yangi mijozi dunyoning qaysi chekkasida bo'lishidan qat'iy nazar o'zining ehtiyojlariga ko'ra kompaniyaning ikkita savdo serveridan birini tanlashi mumkin. InstaForeksning savdo serverlaridan har biri Internet orqali o'z investitsiyalarini boshqarishning ishonchli vositasi bo'lib hisoblanadi, dunyoning turli qismlaridan serverlargacha yetish vaqtidagi farq 0.2 sekunddan oshmaydi. Kompaniyaning ko'pchilik mijozlari bir yo'la ikkala serverda bir necha hisob-varaqlarini ochishadi, bunda ulardan har birining amalda ishlash sifatini baholash imkoniyati paydo bo'ladi.


InstaForex kompaniyasi ECN-broker xizmatini taqdim etadimi?

InstaForex kompaniyasi universal broker hisoblanadi va o'z mijozlariga Foreks bozorida savdo qilish uchun vositalar va imkoniyatlarning to'liq to'plamini, shu jumladan ECN-broker xizmatlarini ham taqdim etadi. ECN-brokerlarning ishi mohiyati to'g'risidagi yanada mufassal axborotni kompaniya saytining tegishli sahifasida sahifasida bilib olishingiz mumkin.


Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок